Madaniyat
Xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining toʻrtinchi maslahat uchrashuvida nutq soʻzladi.
Prezidentimiz mintaqa mamlakatlarining birodar xalqlarini yanada yaqinlashtirish maqsadida umumiy tariximizni chuqur oʻrganish, madaniyat, taʼlim, sport va turizm sohalarida qoʻshma dasturlarni amalga oshirish zarurligini qayd etdi.
Shu maʼnoda, Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo madaniyat, sanʼat va kino festivalini navbatma-navbat oʻtkazib borishni taklif qildi.
Maxsus turizm marshrutlari va mahsulotlarini ishlab chiqish, yagona piar-kampaniyalarni oʻtkazish orqali mintaqa ichidagi turizmni faol ragʻbatlantirishimiz lozimligi taʼkidlandi.
Yoshlarga doir siyosatning umumiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida koʻp tomonlama bitim tayyorlash tashabbusi ilgari surildi.
Ilm-fan
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
112117
Jamiyat
94800
Jamiyat
90847
Jamiyat
75644
Jamiyat
//
Izoh yo‘q