Jamiyat
Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Joriy yilning 28-29-iyul kunlari Toshkentga tashrif buyuradi va Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) tashqi ishlar idoralari rahbarlarining yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
“Joriy yilning 28-29-iyul kunlari Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentda boʻlib oʻtadigan ShHTga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashi yigʻilishida ishtirok etadi”, — deydi Zaxarova.
Rossiya TIV rasmiy vakilining taʼkidlashicha, yigʻilish ishtirokchilari davlat rahbarlarining boʻlajak uchrashuvi va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qiladi.
Ma’lumot uchun, Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) ga a’zo davlatlar o‘rtasidagi bu yilgi yig‘ilish sentyabr oyida Samarqand sharida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Unga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Belarussiya Prezidenti Aleksandr Lukashenko ham keladi. Chunki Belarus rahbari “ShHT”ga qo‘shilish uchun a’riza yuborgan. Yig‘ilish doirasida ushbu masala ko‘rib chiqiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q