Siyosat
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga kuzatish tadbiri munosabati bilan 22-may kuni Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar bermoqda.
Ma’lumot berilishicha, marosim “Bunyodkor” stadionida shou-konsert shaklida o‘tadi. 16:00 dan 21:00 gacha quyidagi ko‘chalarda avtomobillar harakati bosqichma-bosqich cheklanadi.
– Chilonzor-Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab Qatortol-Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha;
– KHAY-Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab Chilonzor-Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha;
– KHAY-Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan Bunyodkor ikkinchi darajali yo‘li bo‘ylab Bunyodkor-Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha.
.png)
– Nurafshon-Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Sebzor ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov-Bunyodkor ko‘chalari chorrahasigacha;
– Islom Karimov-Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab Bunyodkor-Ikkinchi Qatortol ko‘chalari chorrahasigacha.
Haydovchilar oldindan muqobil yo‘nalishlarni rejalashtirishi tavsiya qilindi.
.png)
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112351
Jamiyat
95014
Jamiyat
91191
Jamiyat
75914
Jamiyat
//
Izoh yo‘q