Qozog‘istonda 16 yoshga to‘lmagan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi

Saqlash
15:43 / 21.05.2026 29 0

Qozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi kutilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari ma’lum qildi.

 

Ma’lumot berilishicha, hujjatga bolalarning onlayn platformalarga kirishini cheklovchi normalar kiritilgan. Mexanizmlar hali kelishib olinmagan, ya’ni ushbu qonun loyihasi davlat organlari bilan muhokama qilinmoqda.

 

Loyihada onlayn-kouchlar va psixologlar faoliyatini tartibga soluvchi normalar ham borligi ta’kidlandi.

 

Vazir o‘rinbosarining aytishicha, ijtimoiy tarmoqlarni cheklash “trend”ga aylanib ketdi va bunday taqiqni Avstraliya boshlab berdi. U Qozog‘iston va boshqa ilg‘or davlatlar bir fikrda ekanini ijobiy baholadi.

 

Shuningdek, qonun qabul qilinsa, uni amaliyotda qanday tartibga solish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Kochetov hozirda turli davlatlar o‘z tajribasi asosida choralar qo‘llayotganini ham aytib o'tdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//