Jamiyat
O‘zbekistonda “Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq, 2026-yil 1-iyuldan boshlab “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi. Yangi tizim doirasida biznesni himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlari joriy etilmoqda.
Farmon bilan davlat xizmatchilarining tadbirkorlar bilan bo‘ladigan har qanday rasmiy va norasmiy aloqalari qat’iy nazoratga olinadi. Endilikda, davlat xizmatchisining tadbirkor huzuriga borishi yoki uni chaqirishi “nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqot” sifatida tizimda majburiy qayd etiladi. Bir yil davomida bitta tadbirkor bilan ikki va undan ortiq marotaba asossiz muloqotga kirishgan mansabdorga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi.
Shuningdek, u 12 oy davomida ushbu tadbirkorni tekshirish huquqidan mahrum etiladi. Qoidalarni muntazam ravishda buzgan mansabdor shaxslar “Insofsiz tekshiruvchilar reyestri”ga kiritiladi.
Ta'kidlanishicha, tadbirkorlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Biznes himoya” QR-kodi amaliyotga kiritilmoqda. Nazorat qiluvchi organ xodimi tekshiruvni boshlashdan oldin tadbirkordagi QR-kodni skaner qilishi va jarayonni tizimda ro‘yxatdan o‘tkazishi shart. Agar mansabdor shaxs muloqot yoki tekshiruvni tizimga kiritmasa, tadbirkor uni o‘z hududiga kiritmaslik va u bilan muloqot qilmaslik huquqiga ega.
2026-yil 1-iyuldan boshlab biznesini yangi ro‘yxatdan o‘tkazayotgan tadbirkorlar uchun “Yagona davlat nazorati” tizimida shaxsiy kabinet alohida murojaatsiz, avtomatik ravishda ochiladi. Bu tadbirkorlarga o‘z huquqlarini ilk kundanoq himoya qilish, tekshiruvlar tarixini kuzatish imkonini beradi.Mazkur o‘zgarishlar tadbirkorlik faoliyatiga norasmiy homiylik, asossiz iltimoslar va yashirin bosim o‘tkazish kabi salbiy holatlarga butunlay barham berishga xizmat qiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
112333
Jamiyat
95005
Jamiyat
91142
Jamiyat
75891
Jamiyat
//
Izoh yo‘q