Chustda tarixiy obida sotib yuborilgani va qayta qurilgani aniqlandi

Saqlash
03:53 / 22.07.2022 767 0

Vazirlar Mahkamasining madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi, Madaniy meros agentligi va Bosh prokuratura tomonidan mutasaddi idoralar bilan birgalikda oʻtkazilgan tekshiruv natijalariga koʻra Chust tuman hokimligi mansabdor shaxslari tomonidan noqonuniy hujjatlar asosida madaniy meros obyektini sotish va qayta qurishga ruxsat berilgani va natijada tarixiy yodgorlikka jiddiy zarar yetkazilgani aniqlandi.

 

Jumladan, Chust tumanining “Yangi hayot” mahallasida joylashgan, madaniy meros yodgorligi hisoblangan, XX asr boshiga mansub “Abdumalik” masjidi 2018-yilda Chust tuman hokimining qaroriga koʻra “hashar yoʻli bilan qurilgan, hozirda qarovsiz qolgan, egasi aniqlanmagan bino” degan asossiz vaj bilan Madaniy meros inspeksiyasi balansidan hokimiyat balansiga oʻtkaziladi.

 

Soʻngra tuman hokimligining tashabbusi bilan ushbu masjid binosi auksion savdolari orqali fuqaro T.A.ga 61 mln. soʻmga sotib yuboriladi.

 

Tuman hokimining 30.04.2019-yildagi qarori bilan ushbu madaniy meros obyektini qayta qurishga noqonuniy ravishda ruxsat beriladi. Oqibatda, fuqaro T.A. tomonidan “Abdumalik masjidi”ning 61,1 kv.metr shift qismi qaytadan taʼmirlanib, tusi oʻzgartirilgani natijasida unga 806,5 mln. soʻm jiddiy zarar yetkazilgan.

 

Tekshirish natijasiga koʻra, Chust tuman hokimligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//