Haydovchilarni tayyorlash va imtihondan oʻtkazish tizimi takomillashtiriladi

Saqlash
03:52 / 22.07.2022 644 0

“Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni imtihondan oʻtkazish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

 

Haydovchilarni tayyorlashda oʻquv soati haftasiga 20 soatgacha, kunlik 4 soatgacha rejalashtiriladi. Haydovchilarning malakasini oshirganlik boʻyicha sertifikatlar faqat elektron racmiylashtiriladi.

 

Amaliy imtihonlarda “B” toifa uchun ishlab chiqarilganiga 5 yildan koʻp boʻlmagan, boshqa toifalar uchun 10 yildan ortiq boʻlmagan transportlardan foydalaniladi.

 

Oʻquv dasturlarini Ichki ishlar vazirligi ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Yagona namunadagi animatsiyali nazariy imtihon savollari 1 000 tadan kam boʻlmagan miqdorda tasdiqlanadi.

 

2023-yil 1-yanvargacha Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimi ishga tushiriladi.

 

2022-yil 1-noyabrdan haydovchilik uchun beriladigan tibbiy maʼlumotlarning yagona elektron bazasi shakllantiriladi va Yagona axborot tizimiga integratsiya qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//