Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining rasmiy sayitida ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, bugun, 21-iyul kuni Qirg‘iziston Respublikasining Cho‘lponota shahrida o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ushbu uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish asosida yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilingan.
Shuningdek, uchrashuv davomida ikki mamalakat o‘rtasidagi savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va logistika sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surish hamda amaliy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari dolzarb mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashganlar.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
110537
Jamiyat
94401
Jamiyat
90293
Jamiyat
73988
Jamiyat
//
Izoh yo‘q