Jamiyat
Anomal issiq tufayli ayrim hududlardagi elektr taʼminotida yuzaga kelayotgan nosozliklar maxsus brigadalar tomonidan zudlik bilan bartaraf etilishi taʼminlanmoqda, deb xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, shu kunlarda respublikamizning barcha hududlarida havo haroratining anomal isib ketishi natijasida ayrim joylardagi transformator punktlari hamda kabel tarmoqlarida isteʼmol yuklamasi ortishi kuzatilib nosozliklar kelib chiqmoqda.
«Ushbu elektr tarmoqlaridagi favqulodda holatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida hududlar boʻylab tunu-kun ishlaydigan 227 ta avariyaga qarshi maxsus brigadalar tashkil etilgan boʻlib, yuzaga kelgan nosozliklar zudlik bilan bartaraf etib borilmoqda.
Ana shunday anomal issiq natijasida yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz», deyiladi vazirlik xabarida.
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
109650
Jamiyat
94034
Jamiyat
89803
Jamiyat
72961
Jamiyat
//
Izoh yo‘q