Xalq taʼlimi vazirligi tizimida yangi markaz tashkil etiladi

Saqlash
21:06 / 21.07.2022 664 0

“Xalq taʼlimi vazirligi tizimida Oʻquvchi-yoshlarni kelajak kasblariga tayyorlash markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

 

Markazning asosiy vazifalari:

 

– Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari uchun kelajak kasblariga yoʻnaltiruvchi toʻgaraklar faoliyatini tashkil etish;

– Oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtlaridan unumli va maqsadli foydalanish, ularning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini oshirish, zamonaviy fanlarni chuqur oʻrgatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

– Oʻquvchi-yoshlarda mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmalarini, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash, axborot makonidagi turli tahdidlarga nisbatan sogʻlom immunitetni hosil qilish;

– Oʻquvchi-yoshlarning mustaqil tashabbus va shaxsiy gʻoyalarini ilgari surish, hayotiy pozitsiyaga ega boʻlishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan mahorat darslarini hamda madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish.

 

Hujjat bilan markaz xodimlarining umumiy cheklangan soni 30 nafar (texnik va xizmat koʻrastuvchi xodimlardan tashqari) etib belgilangan.

 

Markazni moliyalashtirish manbalari:

 

  • Oʻzbekiston davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
  • Yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, Oʻzbekiston norezidentlarining homiylik xayriyalari;
  • Xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlari;
  • Qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

2021-yil 1-sentyabrdan boshlab markaz direktori va toʻgarak rahbarlarining mehnati ularning faoliyat samaradorligini baholash mezonlari asosida direktor jamgʻarmasi hamda Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Xalq taʼlimi sohasida islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har oyda qoʻshimcha ragʻbatlantiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//