Madaniyat
Bugun, 20-iyul kuni poytaxtimizdagi Shayxontohur tumanining “Sarhumdon” MFYda “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.
“Inson qadri” mehr-muruvvat aksiyasi doirasida mahalladagi 10 nafar yolg‘iz keksa va nogiron yoshlarning holidan xabar olindi, “Mahalladagi ma’rifatli ayol”, “Mahalladagi odobli qiz”, “Mahalla kelini” nominatsiyalar g‘oliblari aniqlandi.
.jpg)
“Men ham askar bo‘laman” shiori ostida vatanparvarlik tadbiri, “Yangi O‘zbekiston yoshlar nigohida” mavzusida mahallalarda istiqomat qilayotgan yosh rassomlar ko‘rgazmasi, sport musobaqalari hamda Hunarmandlar uyushmasi bilan hamkorlikda mahorat saboqlari, “Ustoz-shogird” aksiyalari o‘tkazildi.
.jpg)
Tadbirda fan, madaniyat, san’at namoyondalari, faxriy nuroniylar, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari hamda mahalla yoshlari ishtirok etdi.
Ilm-fan
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
112117
Jamiyat
94800
Jamiyat
90847
Jamiyat
75644
Jamiyat
//
Izoh yo‘q