Siyosat
Oʻzbekistonda notariuslarga nikohni roʻyxatdan oʻtkazish huquqi berilishi mumkin. Bu haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida adliya vaziri Ruslanbek Davletov maʼlum qildi.
“Kerak boʻlsa nikoh tuzish huquqini notariuslarga ham berishni koʻrib chiqmoqchimiz. Chunki, notariuslarda ham juda kuchli yuristlar, hammasini tushunadi. Ular ikki tomonning xohish-iroda tasdiqlab, shahodatlay oladi. Hech qanaqa muammo yoʻq”, dedi u.
Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda bugungi kunda faoliyat yuritayotgan 200 ta FHDYO oʻrniga 1000 ta notariusga murojaat qilish imkoniyati yaratilishi mumkin. Bu hozir koʻrib chiqilayapti va tegishli hujjatlar alohida taqdim etiladi.
Adliya vazirligi rahbari shuningdek, FHDYO organlarida tugʻilish, nikoh, oʻlim, familiya oʻzgartirishni yagona dalolatnoma asosida shakllantirishni yoʻlga qoʻyish ham rejalashtirilmoqda.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q