Jamiyat
17-iyuldan beri davom etayotgan anomal issiq kunlardan 20-iyul soat 06:00 ga qadar Respublika tez tibbiy yordam xizmatiga jami 130 115 ta chaqiriq kelib tushdi. Bu haqda SSV Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Tez tibbiy yordam xizmatini muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi rahbari Davlatbek Yuldashevning soʻzlariga tayanib xabar bermoqda.
Uning soʻzlariga koʻra, murojaatchilarning 23 421 nafarini qon bosimi koʻtarilishi, nafas yetishmovchiligi, astma xurujlari va boshqa surunkali kasalliklari boʻlgan bemorlar tashkil etdi. Ularning 4215 nafari esa gospitalizatsiya qilindi.
“Qolaversa, ushbu sanalarda Toshkent shahar „103“ xizmatiga jami 11 821 ta chaqiriq kelib tushgan. Murojaatlarning 4235 nafarini qon bosimi koʻtarilishi, nafas qisishi, astma va boshqa kasalliklar boʻyicha bemorlar tashkil etdi. Ularning 2185 nafari esa davolanish uchun shifoxonalarga yotqizilgan”, — deyiladi xabarda.
SSV hozirda jazirama havo kuzatilayotgani bois Sogʻliqni saqlash vazirligining alohida nazorati yoʻlga qoʻyilganini maʼlum qildi. Mamlakatdagi 1010 ta poliklinika, 923 ta oilaviy shifokor punktida patronaj xizmatlari kuchaytirilib, surunkali kasalliklarga chalingan yotoq sharoitidagi bemorlarga oʻz vaqtida zarur tibbiy yordam koʻrsatilayotganini keltirdi. Shuningdek, respublikada 2762 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan boʻladigan chaqiriqlarni qabul qiladi.
Vazirlik zarurat boʻlmasa, aholidan jazirama payti tashqariga chiqmaslikni, tez-tez suyuqlik ichish, imkon qadar yogʻli, dudlangan taomlar tanovul qilmaslik, aksincha, koʻproq meva va sabzavotlar isteʼmol qilishni tavsiya etdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q