Haftaning ikkinchi yarmida ob-havo qanday boʻlishi maʼlum qilindi

Saqlash
02:50 / 21.07.2022 790 0

“Oʻzgidromet” 21-24-iyul kunlari uchun ishlab chiqarilgan ob-havo prognozini taqdim etdi.

 

Ertadan boshlab shanba kuniga qadar respublikaning 5 ta viloyati va Qoraqalpogʻiston respublikasida harorat maksimumlari +47 darajagacha yuqorilaydi.

 

Yuqori issiqlik harorat toʻlqini kechalari ham dim va issiq havoni taqdim etadi.

 

Markaziy viloyatlar (Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax)da 21-iyulda shamol baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchaydi, changli-toʻzonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 24-29°, kunduzi 40-45° boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-iyulda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchaydi, changli-toʻzonlar kuzatiladi. Harorat 24-29°, kunduzi 40-45°, baʼzi joylarda 47° gacha boʻladi.

 

Vodiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 38-43° boʻladi.

 

Togʻli hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-iyulda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchaydi, changli-toʻzonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 32-37° boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//