Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Urgut tumanidagi «Jozmon» mahallasidagi toʻyxonada ommaviy zaharlanish va yuqori temperatura tashxisi bilan odamlar shifokorga murojaat qilganligi toʻgʻrisida xabar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan tuman hokimligi bayonot bergan.
«19-iyul kuni kech soat 22:00 atrofida Urgut tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga ikki nafar bemor oziq-ovqatdan oʻtkir zaharlanishga gumon tashxisi bilan boʻlimga olib kelingan.
Bemorlar bilan suhbatda ular toʻyda turli salatlar yeganini maʼlum qilishdi. Shifokorlar tomonidan kelgan bemorlarga kerakli muolajalar oʻtkazildi.
Tuman sanitariya va osoyishtalik markazi xodimlari hamda uchastka tibbiyot xodimlari bemorlarning yashash hududidagi kasallikka gumonlanganlarni tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar shifoxonaga kuzatuvga olib kelingan.
Gumondorlar tekshiruvdan oʻtkazilib, qoniqarli ahvoldaligi sababli uyiga javob berilgan. Hozirgi vaqtda shifoxonada ikki nafar bemor kuzatuvda. Ularning ahvoli oʻrtacha ogʻirlikda.
Holat «Jozmon» mahallasi emas, “Gʻishtmachit” mahallasida sodir boʻlgan.
Urgut tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar boʻlimi 80 oʻringa moʻljallangan boʻlib, COVID-19 bilan kasallangan bemorlar uchun qoʻshimcha 10 ta oʻrin tashkil etilgan. Ayni paytda yuqumli kasalliklar boʻlimida 85 nafar bemor davolanmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 200 nafarga yaqin odamlar Urgut tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasida yotibdi deb tarqalgan xabar hech qanday asosga ega emasligini maʼlum qilamiz», deyiladi hokimlik xabarida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q