Jamiyat
Oʻzbekistonga 2022-yilning iyun oyida chet eldan 493 ming 888 nafar sayyoh tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 307 146 nafarga yoki deyarli 3 barobarga koʻpdir.
Iyun oyida qoʻshni davlatlaridan jami 414 763 nafar turist tashrifi kuzatilgan. Xususan, mamlakatimizga Qozogʻistondan 178 118 nafar, Qirgʻizistondan 123 290 nafar, Tojikistondan esa 113 216 nafar sayyoh kelgan.
Shuningdek, MDH davlatlaridan jami 56 547 nafar, xususan, Rossiyadan 53 421 nafar, Ozarbayjondan 1227 nafar turist Oʻzbekistonga qiziqish bildirgan.
Uzoq xorij davlatlaridan iyun oyida 22 578 nafar turist mehmon boʻlgan. Jumladan, ularning 1504 nafari AQSH, 1495 nafari Germaniya, 1477 nafari Hindiston, 1685 nafari Janubiy Koreya, 7308 nafari esa Turkiyadan kelgan sayyohlardir.
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Jahon
Jamiyat
Sport
110983
Jamiyat
94498
Jamiyat
90431
Jamiyat
74446
Jamiyat
//
Izoh yo‘q