Jamiyat
«Mehr va Oqibat» jonivorlarni himoya qilish jamiyati nukuslik fuqarolardan hayvonlarning ommaviy shafqatsizlarcha o‘ldirilishi haqida jamoaviy ariza tushgani haqida xabar berdi.
Shahar hayvonlar huquqlari himoyachilari o‘z murojaatida 22−23 iyun kunlari Nukusdagi hayvonlarni tutish xizmati hududidan 150 ga yaqin it g‘oyib bo‘lganini ma’lum qilgan.
Hayvonlarni boqish va ovqatlantirish uchun kelgan ko‘ngillilarning so‘zlariga ko‘ra, xizmat xodimlari itlarning g‘oyib bo‘lishini ularning go‘yoki shahar tashqarisiga qo‘yib yuborilgani bilan izohlashgan.
7 iyul kuni Nukus yaqinida joylashgan poligondagi chuqurdan 100 dan ortiq kuchuk va mushuklar o‘lik holda topildi. Hayvonlarning og‘zi va panjalari sim bilan bog‘langan, tanalarida ko‘plab yaralar bor edi.
«Mehr va Oqibat» nashri vaziyatni o‘rganish, aybdorlarni topib, qonun doirasida jazolashni so‘rab, O‘zbekiston IIV va Qoraqalpog‘iston IIV, shuningdek, prokuratura organlariga murojaat qildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q