
Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari Bobur Qalandarovich Abdinazarov lavozimidan ozod etildi. U mazkur lavozimiga 2020-yilda tayinlangandi.
Bobur Abdinazarov 1983-yilda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida tugʻilgan, maʼlumoti oliy. 2003-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Shuningdek, Yaponiya Xalqaro universitetida tahsil olgan.
U 2007-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimida turli lavozimlarni egallab kelgan. 2007-2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi Xoʻjalik hisobidagi korxonalarda buxgalteriya hisobi va hisoboti uslubiyoti boʻlimi bosh iqtisodchisi, 2010- 2014-yillarda Respublikasi Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi Xoʻjalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya hisobi uslubiyoti boʻlimi bosh iqtisodchisi va boʻlim boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 2017-2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Agrosanoat majmui moliyasi boshqarmasining Agrosanoat majmuasi tarmoqlarini iqtisodiy tahlil qilish hamda qishloq va suv xoʻjaligi moliyasi boʻlimiga rahbarlik qilgan.
2018-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sanoatning bazaviy tarmoqlari, yoqilgʻi-energetika majmui va geologiyani rivojlantirish moliyasi va tarifni tartibga solish bosh boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari va boshqarma boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q