Oʻzbekistonda 2,6 millionta aholi xonadonida kadastr mavjud emas

Saqlash
00:26 / 20.07.2022 729 0

18-iyul kungi videoselektor yigʻilishida Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda 2,6 mln.ta aholi xonadonlarining kadastr hujjatlari yoʻqligini maʼlum qildi. Bu haqida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

 

Taʼkidlanishicha, ushbu aholi tomorqa uchun kredit, subsidiya hamda uy-joyini kengaytirishga ipotekadan foydalana olmayotgani haqida Xalq qabulxonalariga murojaatlar tushmoqda. Ustiga ustak, kadastri boʻlmagani uchun yer soligʻi 3 karra miqdorda hisoblanmoqda.

 

Shu bois Adliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Kadastr agentligiga bir hafta muddatda ishchi guruhlarini shakllantirib, ishlarni boshlash topshirildi.

 

Ishchi guruhlari:

 

  • 1-oktyabrga qadar mahallabay kadastr hujjati boʻlmagan xonadonlarning elektron roʻyxatini shakllantiradi;
  •  
  • uy-joyga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etishga asos boʻluvchi hujjatlarni toʻplaydi va elektron bazaga kiritadi.
  •  

Mutasaddilarga respublikaning barcha hududlarida kadastri yoʻq xonadonlar masalasini uzil-kesil hal qilish uchun alohida qonun loyihasini ishlab chiqib, muhokamaga kiritish vazifasi qoʻyildi.

 

Yangi qonun qabul qilinguniga qadar bu uy-joy egalariga uch karra oshirilgan soliq qoʻllash toʻxtatib turishga qaror qilindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//