Jamiyat
Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida yashovchi fuqaro uyida 27 nafar oʻzbek va Qirgʻizistonda yashovchi voyaga yetmagan bolalarga diniy taʼlimdan saboq berib kelayotganligi aniqlandi. Bu haqda viloyati IIB xabar berdi.
Gumonlanuvchining diniy bilimga va tegishli ruxsatnomaga ega emasligi aytilmoqda.
Taʼkidlanishicha, u 500 ming soʻm pul evaziga 2020-yildan buyon “Qurʼoni-karim” va “Muallimi Soniy” kitoblaridan jami 27 nafar voyaga yetmagan bolalarga diniy saboq bergan.
Qolaversa, diniy taʼlim jarayonida voyaga yetmagan bolalarni urib, ularga tan jaroxati yetkazgan, deyiladi xabarda.
Mazkur holatga asosan hozirda tergovga qadar surishtiruv tadbirlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q