Jamiyat
Dushanba kuni Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Toshkentga keldi. Martabali mehmonni ayeroportda Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Gruziya hukumati matbuot xizmatining maʼlumot berishicha, Irakliy Gariboshvili yuqori martabali amaldorlar bilan bir qator muzokaralar olib boradi.
Gruziya hukumati rahbari yetib kelishi bilanoq “Yangi Oʻzbekiston” istirohat bogʻiga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi. Soʻng sobiq TAPOiCh aviatsiya zavodi oʻrnida bugungi kunda 17 ta ishlab chiqarish obyekti joylashgan “Texnopark” bilan tanishdi.
Foto: mift.uz.
Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasida erkin savdo rejimi mavjud. Oʻzbekiston Gruziyaga asosan sanoat tovarlari, kimyo mahsulotlari, ichimliklar, avtomobillar va transport uskunalarini yetkazib beradi. Gruziya, oʻz navbatida, farmatsevtika mahsulotlari, transport uskunalari, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa mahsulotlarni import qiladi. Oʻzbekiston hududida Gruziya kapitali ishtirokidagi 69 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Gruziyada Oʻzbekiston sarmoyasi ishtirokidagi 23 ta korxona faoliyat koʻrsatmoqda.
2017-yildan buyon mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 34,3 foizga oʻsib, 127,4 mln dollarni tashkil etdi. Lekin, taʼkidlanganidek, bu bilan chegaralanib qolinmaydi, yanada yuqori natijalarga erishish uchun mamlakatlarning oʻzaro xohish-irodasi, demakki, real imkoniyatlar mavjud.
ITSV xabarida Gruziya bosh vaziri Oʻzbekistonning ulkan investitsion va sanoat salohiyatiga eʼtibor qaratganini qayd etib oʻtildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q