Siyosat
Avtomobilga yozuv yoki stiker yopishtirsa boʻladimi? Masalan, avtomobil eshigiga gerb tasviri va old kapot qismiga yarim oy shaklini yopishtirsak, buning uchun qandaydir cheklovlar bormi yoki ruxsatnoma boʻlishi kerakmi? Ushbu savolga IIV matbuot xizmati javob berdi.
Qayd etilishicha, avtotransport vositalariga har xil yozuv va nakleykalar yopishtirish yangi tahrirdagi “Yoʻl harakati qoidalari”ga koʻra taqiqlanadi. Faqatgina maxsus reklama litsenziyasiga ega boʻlgan tashkilotlar tomonidan avtotransportga yozuv qoʻyilishi mumkin. U ham Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi yoki viloyat(shahar)lardagi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqilib, ruxsatnoma berilganidan keyin yopishtiriladi.
«Avtotransport vositasining rangi reklama huquqiga ega tashkilot tomonidan berilgan yozuv natijasida 50 foiz darajada oʻzgartirib yuborilmasligi kerak. Avtotransportning rangi reklama matni va rasmlari, nakleykalari boʻlsada koʻrinib turishi kerak. Reklama yopishtirilgach, avtotransport Yoʻl harakati hajvsizligi boshqarmasi tekshiruvidan oʻtadi, shundan soʻng ruxsatnoma beriladi. Oʻzboshimchalik bilan yopishtirilgan yozuvlar va nakleykalar uchun avtoulov egasi jarimaga tortiladi», deydi mutaxassis.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Nodirbek
22:11 / 08.11.2023
Tushunmadim hoʻp jarimani aytibdi ruxsatnoma olish kerakligini aytibdi nimaga qarorni aytmagan qachon chiqan qaror qaysi bandida yozilgan shaxsiy avtomobilda gerb yoki bayroq yopishtirish mumkin emas deb orqaga tanirofkaga ruxsat berildiyu orqa oynaga nimadi yopishtrish jarimami jamoat tartibini buzmayamizi gerb yopishtrib yoki haydashimizga ham halal bergani yoʻq