Siyosat
Qoraqalpogʻistonda 1–2-iyul kunlari sodir boʻlgan namoyishlarda qatnashgan ayrim fuqarolar bedarak yoʻqolgan, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura.
Qayd etilishicha, baʼzi xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda voqeada ishtirok etgan ayrim fuqarolar bedarak yoʻqolgani haqida mutlaqo asossiz va haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan «feyk» xabarlar tarqatilmoqda.
“Vaholanki, tarmoqlarda tarqatilgan roʻyxatda koʻrsatilgan bir qism fuqarolar oʻz yashash uyida ekanliklari, bir qismi Qoraqalpogʻiston hududidan chetga chiqib ketganliklari, ayrimlari esa, umuman mavjud boʻlmagan shaxslar ekanligi aniqlandi. Shunda boʻlsada bu holat ham Bosh prokuratura tezkor-tergov guruhi tomonidan nazoratga olindi va hozirgi vaqtda yana bir bor chuqur oʻrganib chiqilmoqda”, deyiladi munosabatda.
Bosh prokuratura, shuningdek, aholidan soxta va uydirma maʼlumotlarga ishonmasdan, oʻtkazilayotgan tergov va tezkor-qidiruv tadbirlari haqidagi haqqoniy maʼlumotlarni Bosh prokuratura Shtabi axborot manbalaridan olishni soʻragan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q