Qashqadaryoda maktab direktori va oʻqituvchi mushtlashdi

Saqlash
22:07 / 18.07.2022 752 0

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida maktab direktori va oʻqituvchi mushtlashgani aks etgan video tarqaldi. Holat boʻyicha tuman hokimligi va IIB matbuot xizmatlari rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, 15-iyul kuni soat 11:00 atrofida Nishon tuman 2-son kasb-hunar maktabida fuqarolar G. U. va X. O. oʻzaro tortishib qolib, kelishmovchilik yuzaga kelgan.

 

Shundan soʻng, Nishon tumani hokimi oʻrinbosari S. Xudoyqulov boshchiligida ishchi guruh tuzilib, voqeaning asl sababi keng jamoatchilik bilan birga oʻrganilgan.

 

“Direktor va oʻqituvchi ayni vaqtda oʻzaro kelishib olgan holda, bir-biriga nisbatan hech qanday gina-kudratni saqlab qolmagan va kelajakda doʻstona ruhda birgalikda ishlashga qoʻl tashlashgan”, — deyiladi tuman hokimligi xabarida.

 

Xabarga koʻra, mazkur holat yuzasidan hozirda Nishon tuman IIB JXX HPB profilaktika inspektori tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//