Oʻzbekistonda juda issiq ob-havo boʻlishi kutilmoqda

Saqlash
22:00 / 18.07.2022 737 0

“Oʻzgidromet” markazi hafta davomida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

 

Maʼlum boʻlishicha, haftaning birinchi yarmida Oʻzbekiston boʻyicha issiq ob-havo saqlanib turadi. Respublika hududi boʻyicha havo harorati 38–43 daraja atrofida, janubda va choʻl hududlarda 44–45 darajagacha boʻladi.


Haftaning ikkinchi yarmida issiq kuchayadi va 21–23-iyul kunlari kunduzi havo 43-45 darajagacha, shimolda, janubda va choʻl hududlarda 47 darajagacha isiydi. Faqat respublika shimolida 23-iyulda issiq asta-sekin 37–42 darajagacha pasayadi.

 

Respublikaning ayrim joylarida shamol chang-toʻzonlar bilan 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Baʼzi joylarda shamol 22-25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

 

Qoʻshimcha qilinishicha, 18–24-iyul kunlari Qirgʻiziston hududidan Fargʻona viloyatining togʻ oldi va togʻli hududlari boʻyicha glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//