Jamiyat
Oʻzbekistondagi barcha turdagi (yuk va yoʻlovchi) poyezdlarning tezligiga cheklovlar oʻrnatildi. Bu haqda “Oʻztemiryuoʻlyoʻlovchi” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mamlakatda anomal issiq ob-havo kuzatilayotgani sababli harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida barcha turdagi (yuk va yoʻlovchi) poyezdlarning tezligiga cheklovlar qoʻyilmoqda.
Shu tufayli yoʻlovchi poyezdlarning harakat jadvalida, ayniqsa joʻnash hamda manziliga yetib borish vaqtlarida oʻzgarish boʻlyapti.
“Har bir yoʻlovchini manziliga xavfsiz yetkazib olib borilishini taʼminlash eng muhim vazifadir. Shuni inobatga olib, “Oʻztemiryuoʻlyoʻlovchi” AJ rahbariyati yoʻlovchilardan bunday vaziyatni toʻgʻri tushunishlarini istab, keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraydi.
Qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin”, deyiladi xabarda.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Sport
112119
Jamiyat
94802
Jamiyat
90849
Jamiyat
75645
Jamiyat
//
Izoh yo‘q