Siyosat
Qoraqalpogʻistonda iyul oyi boshidagi voqealar va faktlarni mustaqil tekshirish boʻyicha parlament komissiyasi aʼzolari 16-iyul kuni respublikada ish boshlaydi. Bu haqda ombudsman matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning iyul oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni oʻrganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv oʻtkazish boʻyicha Parlament komissiyasi tuzilib, unga rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova zimmasiga yuklatildi.
Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qarori bilan Komissiya tarkibi va Komissiya toʻgʻrisidagi nizom ham tasdiqlandi.
Komissiya aʼzolari 2022-yilning 16-iyul kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasida yuz bergan holatlarni joyiga chiqqan holda oʻrganish, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzish bilan bogʻliq holatlarni aniqlash maqsadida Qoraqalpogʻistonda ish boshlashi maʼlum qilinadi.
Oʻtkazilgan tekshiruv natijalari eʼlon qilinadi va Oʻzbekiston jamoatchiligi va jahon hamjamiyatiga yetkaziladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q