Maksim Shaskix “Paxtakor” bosh murabbiyi boʻldi

Saqlash
22:47 / 16.07.2022 692 0

Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi jamoaga Maksim Shaskix bosh murabbiy etib tayinlanganini malum qildi.

 

43 yoshli mutaxassis bilan 3 yillik shartnoma imzolangan, bu esa klubning Shaskix bilan rejalari kattaligini koʻrsatadi, deyiladi xabarda.

 

Bungacha u iyun oyidan beri “Paxtakor”da sport direktori sifatida ishlab kelayotgandi. Valeriy Lobanovskiy singari mutaxassis qoʻl ostida “Dinamo” Kiyevda oʻynagan Shaskix zamonaviy futbol bilimlarini yaxshi oʻzlashtirgan. Yanvar oyidan beri jamoani boshqargan Shimoliy Makedoniya terma jamoasining avvalgi bosh murabbiyi Slavche Voineski yil oxirigacha tuzilgan shartnomani muddatidan oldin bekor qilinganidan soʻng ishdan boʻshatilgandi.

 

Jismoniy tayyorgarlik murabbiyi sifatida ukrainalik Vitaliy Shpanyuk taklif etildi. 51 yoshli mutaxassis faoliyati davomida Ukrainaning “Kremen”, “Arsenal”, “Slavutich”, “Karpati”, “Lvov”, “Vorskla” va LNZ, Rossiyaning “Anji”, “Rotor”, Gruziyaning “Dinamo” Tbilisi klublarida ishlagan. Shuningdek, uch yarim yil davomida Ukraina milliy terma jamoasida ishlagan.

 

 

 

Shaskixning yordamchisi sifatida Vyacheslav Belyayev faoliyat olib boradi. U Ukrainaning “Tavriya”, “Metallist”, Gruziyaning “Dinamo” (Tbilisi) va Rossiyaning “Rotor” klublarida ishlagan. Mahalliy mutaxassislardan Denis Ivankov (darvozabonlar murabbiyi), Kamoliddin Tojiyev (yordamchi) va Yuriy Siyanov (jismoniy tayyorgarlik) Shaskixga yordam berishda davom etishadi.

 

“Paxtakor” joriy mavsumda Osiyo Chempionlar ligasida guruhdan chiqa olmadi va Oʻzbekiston Superligasi turnir jadvalida 23 ochko bilan peshqadam “Navbahor”dan 2 ochko ortda qolib, 3-oʻrinni egallab turibdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//