Jamiyat
Havo harorati keskin koʻtarilishi natijasida elektr energiyasiga boʻlgan talab ham keskin oshadi. Natijada, elektr tarmoqlari va transformator punktlarida yuklama ortishi va tarmoqda nosozliklar kelib chiqishi mumkin.
Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, vazirlik va tizimdagi barcha tashkilotlar tomonidan havo harorati keskin koʻtarilishi kunlarida isteʼmolchilarga energiya resurslarini barqaror yetkazib berish choralari koʻrilmoqda.
Ushbu kunlarda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi stansiyalarda zaxira energobloklari ishga qoʻshiladi. Elektr energiyasi yetkazib berish sifatini oshirish maqsadida joriy yil boshidan 2 ming kilometrdan ortiq elektr uzatish tarmoqlari va 330 dan ortiq transformator punktlari yangilandi.
Past kuchlanishli 17 ming kilometrdan ortiq elektr uzatish tarmoqlari va 6 mingga yaqin transformator punkti, 110-500 kV kuchlanishli 600 kilometrdan ortiq elektr uzatish tarmogʻi va 7 ta kuch transformatori mukammal taʼmirlandi.
Bildirilishicha, barcha elektr stansiyalarida 24 soatlik navbatchilik guruhlari tashkil etildi. Elektr tarmoqlarida favqulodda holatlar oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida hududlar boʻylab tun-u kun ishlaydigan 227 ta avariyaga qarshi brigada tashkil etildi.
“Respublikada havo harorati anomal darajada isishi natijasida elektr qurilmalarida ortiqcha yuklama tufayli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nosozliklar oldini olish maqsadida elektr energiyasidan tejamkorlik bilan, shuningdek, imkon qadar sovitish qurilmalaridan oqilona foydalanishni, zarur boʻlmaganda elektr qurilmalarini tarmoqdan ajratib qoʻyishni soʻraymiz.
Ushbu vaziyatni toʻgʻri tushungan holda energiya resurslaridan oqilona foydalanish natijasida elektr qurilmalarining uzoq muddatga ishdan chiqishini oldi olgan boʻlamiz hamda energiya resurslarini barcha isteʼmolchilarga barqaror yetib borilishiga munosib hissa qoʻshgan boʻlamiz”, deyiladi vazirlik murojaatida.
Taʼkidlanishicha, bu kabi holatlarda jahon tajribasida hukumat tomonidan xalqqa energiya resurslaridan oqilona foydalanish va elektr energiyasi isteʼmolini imkon qadar qisqartirish yuzasidan murojaatlar qilinadi.
Isteʼmolchilardan elektr energiyasi taʼminoti yuzasidan 11-54 qisqa raqami yoki Telegramʻdagi (@HET_admin) administratorga murojaat qilish soʻralgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q