Madaniyat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilanganidek, hududlarda 2021-2023-yillarda bosqichma-bosqich ma’naviyat va ma’rifat maskanlari barpo etilishi belgilab qo‘yilgan.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida ma’naviyat va ma’rifat maskanining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Aytish kerakki, tumanda ushbu maskanning qurilishi 2023 yilga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, uning ahamiyatini his etgan holda qisqa muddatlarda foydalanishga topshirildi.
Maskanning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi mas’ul xodimi Abduxalil Mavrulov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari o‘rinbosari Zohidjon To‘raqulov va bo‘lim boshlig‘i Jasurbek Boltayev, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Musoxon Appaqov, tuman hokimi Asadullo Najmiddinov so‘zga chiqib, uning barpo etilishida hissa qo‘shganlarni e’tirof etdilar.
Zamonaviy texnik jihozlar, elektron va bosma kutubxona, xalq amaliy san’ati to‘garaklari xonasi, tadbirlar zali yoshlar, ijodkorlar, kitobxonu ma’naviyat targ‘ibotchilari va boshqa aholi qatlamlari uchun chinakam ma’naviyat o‘chog‘iga aylanajak.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q