Samarqandda 10 ming oʻrinli masjid qurilyapti

Saqlash
21:08 / 16.07.2022 1363 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy qabrini ziyorat qildi. Qurʼon tilovat qilinib, duo oʻqildi.


Ayni vaqtda Samarqandda Imom Buxoriy majmua qurish ishlari ketmoqda. Qariyb 10 ming namozxonga moʻljallangan masjid, toʻrtta minora, ayvonlar barpo etilmoqda. Majmua yonida mehmonxonalar, avtoturargoh, avtobekat, oshxonalar, savdo rastalari, tahoratxonalar quriladi.

 

Davlat rahbari shu boradagi ishlarni koʻzdan kechirgan, ziyoratchilarga barcha qulayliklarni yaratish boʻyicha koʻrsatmalar bergan.

 

“Inshoolloh, bu majmua ochilganidan keyin ziyoratchilar yanada koʻpayadi. Ayniqsa, nuroniylar koʻp keladi. Ular uchun barcha qulayliklarni inobatga olish kerak. Bu joy nafaqat diniy va maʼrifiy, balki ulkan madaniy markaz ham boʻlishi zarur. Shu bois eng yaxshi gulchilarni olib kelib, majmuani qishin-yozin gulzor qilib qoʻyish kerak”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//