Qozogʻistonda roʻy bergan YTHda 2 nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi

Saqlash
20:17 / 16.07.2022 666 0

Qozogʻistonda roʻy bergan yirik YTHda 5 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan 2 nafari voqea joyida vafot etgan. Bu haqida FVV xabar berdi.

 

Maʼlumotga koʻra, bugun soat 3:21 da Qozogʻiston Respublikasi Shesskiy tumanidan oʻtgan “Almata-Yekatrinburg” avtomobil yoʻlining 850 km.da harakatlangan, MAN yuk mashinasi va «Mercedes-Benz Sprinter” yoʻlovchi mikroavtobusi toʻqnashishi oqibatida mikroavtobus ichida boʻlgan 17 nafar yoʻlovchilardan 8 nafari voqea joyida halok boʻlgan, 9 nafar yoʻlovchilar turli darajada tan jarohati olib, Aksu-Ayuli qishloq kasalxonasiga yotqizilgan.

 

YTH oqibatida mikroavtobus salonida boʻlgan 5 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan 2 nafari voqea joyida vafot etgan hamda 3 nafari turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda ushbu fuqarolarga malakali tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//