Tarixiy yodgorlik hududida noqonuniy qurilish boshlangani aniqlandi

Saqlash
02:59 / 16.07.2022 942 0

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani «Xoʻjakenttepa shahristoni» arxeologiya yodgorligi hududida noqonuniy qurilish ishlari olib borilayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda video tarqalgan. Madaniy meros agentligi ushbu murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, Boʻstonliq tumani “Xoʻjakent” MFYda joylashgan «Xoʻjakenttepa shahristoni» arxeologiya yodgorligi IX-XII asrlarga oid boʻlib, mazkur obyekt moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyekti sifatida davlat kadastriga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan.

 

2022-yilning 1-aprel sanasida Toshkent viloyati Madaniy meros boshqarmasi vakillari tomonidan mazkur arxeologiya yodgorligi hududida tegishli ruxsatnomasiz qurilish ishlari amalga oshirilayotgani va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorning talablari buzilgani aniqlangan.

 

Holat yuzasidan boshqarma mutaxassislari tomonidan shu kunning oʻzida dalolatnoma rasmiylashtirilib, tadbirkorga qurilish ishlarini toʻxtatish haqida koʻrsatma va ogohlantirish xatlari berilgan.

 

Shuningdek, toʻplangan hujjatlar viloyat prokuraturasiga taqdim etilgan. Bugungi kunda Boʻstonliq tumani prokuraturasi tomonidan tergovoldi harakatlari amalga oshirilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//