Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda gaz quyish shoxobchalarida narxlaring oshishi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qildi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyulda qabul qilingan 387-son qaroriga koʻra, gaz quyish shoxobchalari uchun mahsulotlarni sotish narxlari oshmagan va bir xil darajada saqlanib qolgan. (Ushbu qaror bilan VMning 2022-yil 30-iyundagi 348-sonli qarori bekor qilindi).
«Shu munosabat bilan, AGTKSHlarida avtotransport vositalariga yonilgʻi quyish uchun ishlatiladigan metan narxini oshirishning obyektiv sabablari yoʻq.
Biroq, eslatib oʻtamizki, Energetika vazirligi va boshqa davlat tashkilotlari AGTKSH larning narx siyosatiga taʼsir koʻrsatish imkoniyatiga ega emas, chunki AGTKSHlar bozor sharoitida faoliyat yuritadi va talab va taklifga qarab narxlarni oʻzlari shakllantiradi», deyiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q