Oʻzbekistonda “aqlli” svetoforlar ishlab chiqarilmoqda

Saqlash
19:50 / 15.07.2022 1180 0

Innovatsion rivojlanish vazirligi Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan “aqlli” svetoforlar haqida maʼlumot berdi.

 

“Aqlli” svetoforlar Oʻzbekistonda birinchi boʻlib Fargʻona Politexnika instituti olimlari tomonidan yaratilgan. Shundan soʻng ular Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 618,2 mln soʻm mablagʻ bilan moliyalashtirilgan.

 

Hozirda ular Fargʻona viloyatidagi “Oltiariq Innovatsiya” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda.

 

“Aqlli” svetoforlarning dasturi oʻzbek tilida, bu esa xaridorlar mahsulotni sozlashda qiyinchiliklarga duch kelmasligini taʼminlaydi.

 

Ushbu svetoforlar turli xil noqulayliklarni oldini olish maqsadida avtomatik ravishda oʻz oʻrnini oʻzgartira oladi, yaʼni tepaga koʻtariladi va tushadi. Bu jarayonda hech qanday inson omili qatnashmaydi.

 

Ular quvvatli va chidamli svetodiodlar, monokristal kremniy asosidagi quyosh panellari, zanglamas metall konstruksiya va sovuqqa chidamli eletrotexnika qismlaridan tashkil topgan.

 

Bugungi kunda tashkilotning ishlab chiqarish quvvati oyiga 20 ta svetoforga teng. Bu koʻrsatkich joriy yilning 3-chorak yakuniga qadar 2 barobarga oshirilishi kutilmoqda.

 

Oʻzbekistonning 8 ta viloyatida 43 ta shunday mobil svetoforlar oʻrnatilib, 850 mln soʻmlik daromadga erishildi.

 

Ushbu “aqlli” svetoforlar uchun Python dasturlash tili orqali intellektual tizim ham yaratilgan boʻlib, u orqali tirbandliklarning oldini olishga erishish mumkin boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//