
Siyosat
“Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-sentyabrdan:
oilaviy nodavlat bogʻchalarda:
- qatnayotgan ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar farzandlari va maxsus kontingentlar soni tarbiyalanuvchilar sonining 70 foizidan kam boʻlganda, yetmagan qismiga boshqa oilalarning bolalarini qabul qilishga ruxsat etiladi;
- tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchi lavozimlari uchun 4,5 tagacha shtat birligini ajratishga ruxsat etiladi;
- tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchilarga byudjetdan ish haqini qoplash uchun subsidiya toʻgʻridan-toʻgʻri ushbu xodimlarning plastik kartasiga oʻtkazib beriladi;
davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan bogʻchalarda, oilaviy bogʻchalarda:
- byudjetdan toʻlanadigan subsidiya va kompensatsiyalarni hisoblashda 3 yosh va undan katta yoshdagi, lekin 7 yil 8 oydan katta boʻlmagan yoshdagi tarbiyalanuvchilar hisobga olinadi;
- ota-onalar toʻlovi miqdorini mustaqil ravishda belgilab 3 yoshga toʻlmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat etiladi;
tabiiy gaz uchun kompensatsiya markazlashgan tabiiy gaz taʼminoti boʻlmagan, lekin isitishning boshqa turlaridan foydalanayotgan DXSH asosidagi va nodavlat bogʻchalarga ham toʻlanadi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q