Kosonda uch egizak dunyoga keldi

Saqlash
04:10 / 15.07.2022 861 0

Joriy yilning 8-iyul kuni Qashqadaryo viloyat perinatal markazida 3 egizak dunyoga keldi. Bu haqida Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi xabar qildi.

 

Koson tumanining “Guvalak” mahallasida yashovchi 26 yoshli Elsariyeva Oʻgʻiloy birvarakayiga 3 egizak farzandlarni dunyoga keltirdi. Egizaklarning tugʻilishi 8-iyul kuni soat 7:30 da Koson tuman FHDY boʻlimi tomonidan qayd qilinib, tugʻilganlik guvohnomalari topshirildi.

 

Taʼkidlanishicha, tugʻruq tabiiy yoʻl asosida, asoratsiz oʻtkazilgan. Egizaklarning kattasi 1.200 kilogramm, ikkinchisi 2,260 kilogramm va uchinchisi 1.130 kilogramm vazn bilan tugʻilgan boʻlib, ularga Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari qoʻyilgan.

 

Oila vakillari ayni paytda goʻdaklarning ahvoli yaxshiligini, ona va bolalar hali ham viloyat perinatal markazida shifokorlar nazorati ostida ekanligini maʼlum qilishdi.

 

Maʼlumot oʻrnida, 2022-yilning 6 oyi davomida Koson tumanida 3421 ta chaqaloq dunyoga kelgan. Shundan 1746 tasi oʻgʻil bola, 1675 ta qiz bolaga toʻgʻri keladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//