Siyosat
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli koʻchasi toʻliq rekonstruksiya qilinadi. Bu haqida poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev imzolagan qarorda qayd etilgan.
Obyektda loyihalash va qurilish, taʼmirlash hamda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha buyurtmachi etib Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” kompaniyasi tanlangan. Unga bosh loyihachi va pudrat tashkilotini oʻrnatilgan tartibda belgilash vazifasi yuklatilgan.
Shota Rustaveli koʻchasi — Toshkentning markaziy koʻchalaridan biri hisoblanadi. U butun shahardan oʻtadi va yoʻl davomida Shahrisabz, Navoiy (hozirda rekonstruksiya qilinmoqda) va Beruniy koʻchalari bilan ulanib ketadi. Mazkur koʻchadan tramvay liniyasi olib tashlangach, qatnov qismi har bir tomonda 4−6tagacha yoʻlaklarga ajratilgandi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q