Siyosat
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov 14-iyul kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida uni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov, tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev kutib oldi.
Samimiy uchrashuvdan soʻng birodar mamlakat delegatsiyasi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tashrif buyurib, u yerda Turkmaniston Prezidenti Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi.
Serdar Berdimuhamedov majmua meʼmoriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishdi.
Oʻzbekistonga tashrif buyurayotgan oliy martabali mehmonlarning ushbu muhtasham majmua bilan tanishuvi anʼanaga aylangan.
Iqtisod
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
110550
Jamiyat
94405
Jamiyat
90297
Jamiyat
74003
Jamiyat
//
Izoh yo‘q