Jamiyat
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan, oʻziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaxslar va mahkumlarning qochish holatlarining oldini olish maqsadida elektron brasletdan foydalanish tizimi joriy etiladi. Bu haqida OʻzA xabar bergan.
Qayd etilishicha, Konvoy ostidagi shaxslar (jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan, oʻziga nisbatan qamokqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaxslar hamda mahkumlar) qochishga uringanda (elektron brasletni yechish, shikast yetkazish, konvoychi xodimdan uzoqlashish va boshqa holatlarda) elektron braslet tovushli va vizual xabarni onlayn rejimida avtomatik tarzda biriktirilgan konvoychi xodimga va hududiy ichki ishlar organlari, Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi harbiy qismlari, tergov hibsxonalari hamda jazoni ijro etish koloniyalarining navbatchilik qismlariga uzatadi.
Qochib ketishga uringan konvoy ostidagi shaxslarni ularga taqilgan elektron brasletlardan uzatilayotgan “GPS” signallariga muvofiq “issiq izi”dan ushlash choralari koʻriladi.
2024-yil 1-dekabrga kadar Ichki ishlar organlari konvoy boʻlinmalari elektron brasletlar bilan toʻliq taʼminlanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q