Madaniyat
Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Samarqanddagi Goʻri Amir maqbarasi yonida Malayziyadan kelgan birinchi ziyoratchilar guruhi bilan uchrashdi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, malayziyalik turistlar Abdulla Aripovga qadimiy Samarqandni ziyorat qilish imkoniyati uchun minnatdorlik bildirib, oʻz his-tuygʻularini “Biz Oʻzbekistonni sevamiz!” degan soʻzlar bilan izhor etgan. Shuningdek, Registon maydonida Andijon viloyatidan kelgan bir guruh turistlar bosh vazir bilan esdalik uchun suratga tushgan.
Foto: Turizm va madaniy meros vazirligi axborot xizmati
Foto: Turizm va madaniy meros vazirligi axborot xizmati
Bayram kunlari ichki turizmni rivojlantirish maqsadida mamlakatning turli hududlaridan muqaddas qadamjolarga ommaviy sayohatlar uyushtirildi. Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda ziyorat turizmi faol rivojlanmoqda. Mavsum yakuniga qadar har 10 kunda “Malaysia Airlines” charter reyslari orqali janubi-sharqiy Osiyo davlatlaridan ziyoratchilar mamlakatga tashrif buyuradi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q