Sirdaryoda Sibir yarasiga chalinish bilan bogʻliq holat aniqlandi

Saqlash
03:52 / 14.07.2022 1435 0

Sirdaryoning Sardoba tumanida Sibir yarasiga chalinish bilan bogʻliq holat aniqlandi. Bu haqda viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, Xalqaro kasalliklar klassifikatsiyasi (MKV-10) boʻyicha A-22 kasalligi (Kuydirgi yoki Sibir yarasi) bilan Sardoba tuman Zomin MFY Xovotogʻ aholi yashash punktida yashovchi fuqaro B.A.da aniqlangan.

 

“Oʻz oʻrnida ushbu kasallik odamdan odamga yuqmasligi bilan ajralib turadi. Kasallik faqa kasallik bilan kasallangan yirik va mayda shoxli qoramollarni soʻyish jarayonida hamda xom goʻsht bilan muloqot jarayonida odamga yuqadi”, deyiladi xabarda.

 

Qayd etilishicha, hozirda Sardoba tuman Zomin MFY hududidagi barcha yirik va mayda shoxli mollar kasallikka qarshi veterinariya xodimlari tomonidan emlangan. Yuqoridagi kasallikda karantin faqatgina yirik va mayda shoxli qora mollarga tadbiq qilinadi. Hozirda epidemiologik vaziyat barqaror va xavotirga oʻrin yoʻq.

 

Maʼlumot oʻrnida, kuydirgi oʻtkir kechuvchi oʻta xavfli infeksion kasallik boʻlib, septitsemiya, ogʻir zaharlanish va karbunkulalar hosil qilish bilan kechadi. Barcha turdagi qishloq xoʻjalik, uy, yovvoyi hayvonlar kuydirgi bilan kasallanadi hamda u odamlarga, asosan, hayvonlar orqali oson yuqadi.

 

Kasallik qoʻzgʻatuvchisining tashqi muhitda 100-yilgacha saqlanib turishi inobatga olingan holda xastalikning eski oʻchogʻi xavfsizlik boʻyicha davlat veterinariya xizmati tomonidan nazoratga olinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//