Jamiyat
Hukumat qarori bilan yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarida “yashil” va “qizil” yoʻlak tamoyili asosida harakatlanish tartibini joriy etish toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” xabar berdi.
Nizomga koʻra, transport vositalarining harakati foto va video qayd etish qurilmalari orqali qayd qilinib, haydovchilarga yorugʻlik diodli ekran orqali ishora berish yoʻli bilan tartibga solinadi. Ekranda aks ettirilmagan yoki “yashil” yoʻlak boʻylab harakatlanish haqida ishora berilgan transportlar “yashil” yoʻlak boʻylab toʻsiqsiz harakatlanadi.
“Qizil” yoʻlakdan harakatanishi buyurilgan transport vositalari boʻyicha harakat qatnashchilarining hujjatlari elektron maʼlumotlar bazasidan foydalangan holda tekshiriladi. Aniqlangan qarzdorliklar boʻyicha toʻlov amalga oshirilganidan soʻng ularning harakatini davom ettirishiga ruxsat beriladi.
Qarzdorlik toʻlanmagan hollarda transport vositalari maxsus toʻxtash joylariga joylashtiriladi. Qarzdorlik aniqlangan transportlarga bir nechta hollarda, jumladan, qarzdorlikka asos boʻlgan qoidabuzarlik yuzasidan sudga murojaat qilinganda yoki ish sudda koʻrilayotganda harakatni davom ettirishga ruxsat beriladi.
Siyosat
Sport
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
111648
Jamiyat
94644
Jamiyat
90633
Jamiyat
75147
Jamiyat
//
Izoh yo‘q