Siyosat
Prezident farmoni bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida 2022-yil 3-iyul kuni soat 00:01 dan 2022-yil 2-avgust kuni soat 00:00 ga qadar boʻlgan davrda favqulodda holat joriy etilgani haqida xabar bergan edik.
Prezident matbuot kotibining maʼlum qilishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi vaziyatning barqarorlashgani va hudud aholisining odatdagi hayot tartibiga qaytayotganini hisobga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Qoraqalpogʻiston hududida joriy etilgan favqulodda holat rejimini yumshatish, yaʼni komendantlik soatining amal qilish vaqtini «soat 21 dan soat 7 ga qadar» oʻrniga «soat 23 dan soat 5 ga qadar» etib belgilashga qaror qilindi.
Qoraqalpogʻistonda favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi 2022-yil 2-iyuldagi Prezident farmoniga tegishli oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi farmon davlatimiz rahbari tomonidan imzolandi va Oliy Majlis palatalariga tasdiqlash uchun yoʻllandi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q