Fargʻonadagi muzeyda 70 ta noyob eksponat soxtalashtirilganligi maʼlum boʻldi

Saqlash
21:12 / 13.07.2022 923 0

Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi, Bosh prokuratura hamda Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan Fargʻona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida oʻrganish ishlari olib borildi. Unga koʻra muzeyda qonun buzilish holatlari aniqlandi.

Ishchi guruh tomonidan oʻrganishda muzeyda saqlanayotgan umumiy bahosi 2,5 mlrd. soʻmlik 70 ta noyob eksponatlar (ulardan 56 tasi rangtasvir asarlari) qalbakilashtirilgani, muzeyni kapital taʼmirlash uchun byudjetdan ajratilgan 3,1 mlrd. soʻm mablagʻning 1,4 mlrd. soʻmi mansabdor shaxslar tomonidan talon - toroj qilingani aniqlandi. Shuningdek, muzeyda saqlanishi lozim boʻlgan 1 dona rangtasvir va 1 dona grafika asari topilmadi.

Qayd etilishicha, 2011-yilda muzey tomonidan Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga jami 21 nomdagi ashyolar berilgan. Ulardan 14 nomdagi ashyolar 2016–2020 - yillar davomida muzeyga qaytarilgan, ammo qolgan 7 dona rangtasvir asari qaytarilmagan. Hozirgi kunda Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasida ushbu 7 dona rangtasvir asarlari mavjud emasligi aniqlandi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//