Jamiyat
Toshkent shahrida harakatlanuvchi 50-, 109A- va 86-sonli avtobus yoʻnalishlarining harakati va jadvallari soniga oʻzgartirish kiritildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ maʼlum qildi.
Oʻzgarishlarga muvofiq, “5-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 50-sonli “Yunusobod mavzesi 9-daha - M.Yusuf koʻchasi” avtobus yoʻnalishining harakati doʻrmon yoʻli koʻchasidan T.Malik, Binokor, Milliy bogʻ koʻchalari orqali “Chingeldi mahallasi” bekatigacha tashkil etilib, yoʻnalish 50-sonli “Yunusobod mavzesi 9-daha - Chingeldi mahallasi” avtobus yoʻnalishi deb nomlangan va yoʻnalishdagi jadvallar soni haftaning barcha kunlariga 5(+1) ta etib belgilangan.
“8-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 109A-sonli “Chiqursoy temir yoʻl stansiyasi - Chorsu metrosi” avtobus yoʻnalishining toʻgʻri yoʻnalishdagi harakati Qorasaroy, A.Qodiriy, Zarqaynar koʻchalari orqali “Chorsu metrosi” bekatigacha tashkil etilib, qaytish yoʻnalishi oʻzgartirishsiz qoldirilgan.
“12-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 86-sonli “Sergeli mavzesi 12-daha - Chilonzor buyum bozori” avtobus yoʻnalishining ish tartibi soat 5:30 dan 21:00 gacha, yoʻnalishdagi jadvallar soni shanba va yakshanba kunlariga 4(+2) tadan etib belgilangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q