Xalqaro IT-sertifikatlarini olgan yoshlarga xarajatlarning yarmi qaytarib beriladi

Saqlash
20:07 / 08.07.2022 832 0

Bu haqida IT Park boʻlim boshligʻi Jamila Xalibayeva maʼlum qildi.

 

Xalqaro IT-sertifikatlarini olishda ragʻbatlantirish tizimi mamlakatimiz yoshlarining muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi va oʻz ustida ishlash uchun sharoit yaratish, salohiyatini oshirish, shuningdek, davlatimiz yanada rivojlantirish manfaatlarida foydalanish uchun joriy etildi.

 

Dastur IT-Park va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda ishga tushirildi.

 

Dastur bilan IT-mutaxassislariga xalqaro sertifikat olishga sarflanadigan mablagʻning 50 foizigacha kompensatsiya olish imkonini beriladi.

 

Kompensatsiya pulini xalqaro IT-sertifikatlarini olgan 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari qoʻlga kiritishi mumkin.

 

Kompensatsiya olish uchun arizalar onlayn tarzda my.gov.uz portali orqali yuboriladi.

 

Arizaga quyidaki hujjatlarni ilova qilish lozim:

 

  • oʻqish va xalqaro sertifikat olish uchun xarajatlar kvitansiyasi;
  • xalqaro IT-sertifikatining nusxasi.

 

Eʼtibor bering, kompensatsiya olish uchun sertifikat olgandan soʻng 180 kundan kechiktirmaslik lozim;

 

  • kompensatsiya oʻtkazish uchun bank karta raqami, bank tranzit raqami, STIR va bank kodi;
  • ariza beruvchi 16 yoshga toʻlmagan boʻlsa, arizani toʻldirishda ota-ona/vasiylarning maʼlumotlarini koʻrsatish lozim.

 

Agar ariza beruvchining soʻrovnomadagi rekvizitlari va unga ilova qilingan hujjatlar belgilangan talablarga javob bersa, kompensatsiya ariza toʻldirilgan kundan boshlab 17 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

 

Kompensatsiya beriladigan xalqaro IT-sertifikatlarining toʻliq roʻyxati it-istedod.uz saytida joylashtirilgan.

 

Kompensatsiya miqdorini hisoblash olingan sertifikat IT-mutaxassislik darajasiga bogʻliq. Xususan, boshlangʻich darajasi sertifikatlari uchun 30 %, oʻrtacha daraja uchun 40 % va yuqori darajadagi IT-mutaxassislik sertifikatiga 50 % kompensatsiya toʻlab beriladi.

 

Masalan, Cisco kompaniyasidan CyberOps professional kursining narxi 3000 dollardan 6000 dollargacha boʻladi. Shunday qilib, kursni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar 3000 dollargacha kompensatsiya pulini olish imkoniyatiga ega.

 

Ushbu xalqaro IT-sertifikatlarni olish uchun onlayn va offlayn tarzda kurslarni bitirish mumkin.

 

Onlayn kurslarni HUAWEI, Coursera, Skillbox, Geekbrains kabi platformalarda, oflayn taʼlimni esa IT-Park Toshkent filialida hamda poytaxtda joylashgan bir qator xususiy oʻquv markazlarida olish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish