Jamiyat
Qozogʻistonda 2003-yilda qasddan odam oʻldirgani sabab qidiruvga berilgan oʻzbekistonlik ayol qoʻlga olindi. Bu haqida Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1962-yilda tugʻilgan ayolga nisbatan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan 2003-yilda Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) 1-qismi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan.
Biroq u oʻtgan davr mobaynida tergov organlaridan yashirinib yurgan.
Joriy yilning 11-iyun kuni esa ayol Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan Qozogʻiston politsiyasi bilan hamkorlikda olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida Shimkent shahri hududida qoʻlga olingan va Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilingan.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112454
Jamiyat
95118
Jamiyat
91359
Jamiyat
76038
Jamiyat
//
Izoh yo‘q