1 sentabrdan avtomobilni boshqarish uchun ishonchnoma onlayn rasmiylashtiriladi

Saqlash
19:31 / 08.07.2022 856 0

Prezident 7 iyul kuni «Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 

Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 sentabrdan avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) elektron rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yiladi.

 

Elektron ishonchnoma uchun davlat boji ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun belgilangan davlat bojiga (BHMning 3 baravari — 900 ming so‘mga) nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:

 

  • bir oygacha bo‘lgan muddatga — 10 foiz (90 ming so‘m);
  • olti oygacha bo‘lgan muddatga — 50 foiz (450 ming so‘m);
  • uch yilgacha bo‘lgan muddatga — 100 foiz (900 ming so‘m).

 

Elektron ishonchnomani notarial tasdiqlash talab etilmaydi va u YPX xodimlari tomonidan elektron tekshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//