Jamiyat
Joriy yil 7-iyul kuni, peshin namozi vaqtida Sirdaryoda “Baxt” jome masjidining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.
Masjid ichi juda keng boʻlib, 3 ming odamni sigʻdira oladi. Tashqi tarafidan 1 ta 37 metrli minora bezab turibdi. Tahoratxona va masjidning ichki qismlari ham goʻzal did bilan bezatilgan. Shuningdek, masjidning yon qismida ayollar uchun ham alohida namozxona mavjud.
“1940-yildagi qurilgan masjidimiz taʼmirtalab boʻlib qolgan edi, bugun yangi manzilda zamon talablariga mos masjidimizni ochdik”, deydi masjid imom xatibi Nurmuxammad domla Narzullayev.
Peshin namozidan soʻng, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari Homidjon domla Ishmatbekov maʼruza qilib berdilar.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Sport
Jamiyat
Siyosat
110797
Jamiyat
94454
Jamiyat
90374
Jamiyat
74270
Jamiyat
//
Izoh yo‘q